Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Jumladan, aholi turmush darajasini oshirish, har bir hududni obod va ko‘rkam manzilga aylantirish, fuqarolar uchun munosib yashash sharoitini yaratish maqsadida qator keng qamrovli dasturlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Shular qatorida “Obod mahalla”, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” kabi umummilliy tashabbuslar mamlakatimizning barcha hududlarida amaliy natijalar bermoqda. Bu loyihalar fuqarolarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mahallalarda yangi infratuzilmalar, qulay yashash muhiti yaratilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ayni paytda ushbu tashabbuslarning ijrosini o‘rganish va baholash maqsadida Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Sh.Ergashev, Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, tuman prokurori B.Shamshiyev, tuman IIB FMB boshlig‘i A.Murodov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari J.Ergashev hamda hokimlik mutasaddilari “Qushbegi” va “Boshliq” mahallalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.