9 Aprel, 2025 65

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tumanda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati va tarbiyaviy jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida joylarga chiqqan holda monitoring ishlarini olib bordi.

Allabergenova 362-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Mazkur muassasada kichkintoylar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim-tarbiya jarayoni, ovqatlanish sifati, gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, moddiy-texnik baza holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa jamoasi bilan suhbat davomida bog‘cha faoliyatini yanada takomillashtirish, tarbiyachilar mehnatini munosib qadrlash va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish borasida ham tegishli tavsiyalar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech