26 Aprel, 2025 28

Yakkasaroy tuman hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining delegatsiya ishtirokida Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova hokim o‘rinbosari B.Mustafoyevlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda, xususan, Toshkenta ko‘plab Xitoy korxonalari faoliyat yuritib, har ikki mamlakat iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shib kelayotgani, o‘z navbatida, ular uchun ham qulay sharoit yaratilgani, ularning huquq va manfaatlari qonunchilik bilan kafolatlanganini taʼkidladi.

Shuningdek, N.Allabergenova Yakkasaroy tumanining 2030-yilgacha rivojlanish rejalari haqida so‘zlab berdi, hamda tuman hokimligi muloqot, o‘zaro manfaatli takliflar uchun ochiqligi, barcha masalalarda ko‘mak berishga tayyorligini aytdi.

Delegatsiya Prezident Shavkat Mirziyoyevning XXR ga tashrifi doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning bir qismi ekanligiga urg‘u berib, mazkur uchrashuv iqtisodiyot va savdo, turizm, taʼlim, sanoat va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishda xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech