Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Karimov Avazjon, hokim o‘rinbosarlari bilan tumandagi “Askiya dehqon bozori”da bo‘lib, aholi uchun tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bozorni ko‘zdan kechirish davomida u mahsulotlarning sifati, ularning bozorga yetkazib berilish jarayoni va aholiga qulay narxlarda taqdim etilishini diqqat bilan o‘rgandi.
Hokim, shuningdek, sun’iy ravishda narxlarning oshirilishi holatlarining oldini olish, bozordagi mahsulotlarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash va bu borada aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq va zarur topshiriqlar berdi.