3 Sentyabr, 2025 10

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova 127-sonli umumta’lim maktabidagi 11-“A” sinf o‘quvchilari uchun 45 daqiqalik hayotiy dars o‘tib berdi.

Dars jarayoni samarali va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. O‘quvchilar hokimga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, uning talabalik yillari, kasbiy faoliyati va hozirgi hokimlik vazifalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Hokima o‘z so‘zida yoshlarga murojaat qilib shunday dedi:

“Sizlar juda omadli va baxtli avlodsizlar. Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar uchun bunyod etilayotgan sharoitlar, ta’lim va rivojlanish imkoniyatlari oldingi avlodlar tasavvur ham qilolmagan darajada. Men talabalik yillarimda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirganman. Hatto uch kun uyga bormasdan ishlagan kunlarim bo‘lgan. Ammo bu menga hayotda intilish, ruhan toblanish va barqaror maqsad sari intilishni o‘rgatdi. Shuning uchun men sizlarga ham shunday sabr, intilish va Vatanga muhabbat tilayman”.

Dars yakunida tuman hokimi barcha o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etib, kelajakda bilimli, yuksak ma’naviyatli va yurtiga fidoiy shaxs bo‘lib yetishishlariga tilak bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech