3 Iyul, 2025 24

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hokim o‘rinbosarlari, tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 16-iyun sanasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Jumladan, shahar va tumanlarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlar faoliyati tahlil qilindi.

Yig‘ilishda ushbu yo‘nalishda kuzatilgan kamchiliklar tanqid ostiga olinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va ularni belgilab berilgan muddatda bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi kayfiyatiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib ularni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berib o‘tildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech