24 Yanvar, 2025 89

Bugungi kunda davlat tashkilotlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilgan. Aholini qiynayotgan masala va muammolarga qisqa fursatlarda yechim topish esa hukumatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri.

 Shu kabi jihatlarini inobatga olgan holda bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova masʼul korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida “Muhandislar” mahallasida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida murojaatlar asosan kommunal sohasidagi nosozliklar, tadbirkorlik qilish uchun subsidiya olish, moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatchilarning aksariyat qismi joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, qolgan masalalar yuzasidan maʼlum muddat belgilanib, tez fursatlarda bartaraf etish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech