25 Yanvar, 2025 110

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi markaziy ko‘chalarida o‘rganish olib bordi.

 So‘nggi vaqtlarda aholi tomonidan mahallalardagi, piyodalar yo‘laklari, ko‘cha yuzidagi ovqatlanish shaxobchalari, savdo do‘kon mas'ullari tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘rab olinayotganligi bu esa fuqarolarning harakatlanishiga qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi bo‘yicha fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova mas’ul tashkilot xodimlariga noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan qurilmalar, panjaralarni buzish bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

 Shuningdek, Allabergenova tumandagi avtobuslar bekatini ham o‘rganib fuqarolar uchun sharoitlar qoniqarsizligi, tadbirkor tomonidan avtobus bekatlarini belgilangan hududidan ortig‘ini egallab olganligini tanqid qilib, soha mas'ullariga avtobus bekatlarida yo‘lovchilarga yaxshi sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech