Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti”ning yangi barpo etilgan yotoqxona va o‘quv binolari hududida o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.
O‘rganish jarayonida hokim avval berilgan topshiriqlarning ijrosi bilan tanishib, bajarilmay qolgan yoki sustkashlik bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi quruvchilarga jiddiy tanqidlar bildirdi.
Allabergenova bajarilishi shart bo‘lgan topshiriqlar muddatida, sifatli va mas’uliyat bilan bajarilishi lozimligini qayd etib, qurilish jarayonidagi aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
“Biz qilinayotgan har bir ishdan natija kutamiz. Eng asosiysi – talabalarga qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratish. Bu borada kechikish yoki mas’uliyatsizlikka o‘rin yo‘q,” – deya ta’kidladi hokim.
Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati