Xabar berganimizdek, bugun Yakkasaroy tumanidagi “Damariq” mahallasining aholisi uchun tuman hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan infratuzilmani rivojlantirish, kommunal sohalardagi muammolarni bartaraf etishga doir masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat yuzasidan hokim tomonidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul yakunlangach, tuman hokimi mahalla hududini shaxsan ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.