Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Qushbegi” mahallasida joylashgan “Wyndham Garden” mehmonxonasida “Yakkasaroy yoshlari” volontyorlar guruhi aʻzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyat hayotida ularning oʻrnini yanada mustahkamlash, volontyorlik harakati va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, ularning yechimi boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Nilufar Allabergenova yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini taʻkidladi. “Sizlar – ertangi kunimiz egalari, kelajak bunyodkorlarisiz. Tashabbuslaringiz, fidoyiligingiz va jamiyatga qoʻshayotgan hissangiz biz uchun juda muhim”, – deya taʻkidladi tuman hokimi.
Uchrashuv davomida yoshlar oʻz loyihalarini taqdim etib, ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan koʻmak va sharoitlar haqida fikr almashdilar.
Tadbir doirasida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tashabbuslar ilgari surildi hamda volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik rejalari ishlab chiqildi.