13 Noyabr, 2025 22

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova Gruziya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Kotariya David bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hokim o‘rinbosari B.Mustafoyev hamda tegishli mas’ul xodimlar ham ishtirok etdilar.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, xususan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Yakkasaroy tumani hamda Gruziya shaharlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, turizm yo‘nalishida qo‘shma loyihalar va almashinuv dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash va tajriba almashish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech