Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishning dastlabki manzili 155-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. U yerda bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va muassasaning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish chog‘ida hokim Allabergenova aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.