28 Yanvar, 2025 87

Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi ijtimoiy soha rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi, maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi hamda sport maktablari direktorlari ishtirok etdilar.

 Uchrashuv davomida ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, yosh avlodning intellektual va jismoniy rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, sportga jalb qilish ishlarini yanada kuchaytirish, hududda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha takliflar bildirildi.

 Nilufar Allabergenova oʻz nutqida hududdagi har bir rahbarning masʼuliyatini taʼkidlab, aholining kundalik ehtiyojlariga alohida eʼtibor qaratish, ular uchun qulay va sifatli xizmatlar yaratish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, tibbiyot sohasida innovatsion usullarni joriy etish, taʼlimda esa zamonaviy oʻqitish usullarini kengaytirish borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Uchrashuvda mavjud muammolar ochiq-oydin muhokama qilinib, ularni hal qilish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur uchrashuv tumandagi ijtimoiy sohaning yanada yuqori bosqichga koʻtarilishiga, shuningdek, aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam boʻldi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech