24 Aprel, 2025 22

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Meros” mahallasida bo‘lib, u yerda rejalashtirilgan asfalt yotqizish ishlariga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, ularning samaradorligi va sifat darajasi o‘rganildi.

Tuman hokimi o‘z so‘zida ta’kidlaganidek, har qanday obodonlashtirish yoki infratuzilma loyihasi – bu avvalo aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ish bo‘lishi kerak. Shu bois, bunday ishlarga yuzaki yondashishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

“Asfalt yo‘llar nomiga yotqizilmasligi kerak. Bu ishlar ortida odamlarning kundalik hayoti, qulayligi va xavfsizligi turibdi. Shu sababli har bir mas’ul o‘z ishiga sidqidildan yondashishi shart,”-dedi Nilufar Allabergenova.

O‘rganish yakunida hokim tomonidan mutasaddi tashkilotlar va mas’ul shaxslarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Ishlarning belgilangan muddat va sifat talablariga to‘liq mos holda amalga oshirilishi alohida ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech