14 Noyabr, 2025 18

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligi tashabbusi bilan “Next Mall” savdo majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Mening bayrog‘im – mening faxrim!” shiori ostida bayramona fleshmob va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davlat ramzlariga bo‘lgan chuqur hurmat, Vatanimiz bayrog‘iga bo‘lgan faxr va ehtiromni ulug‘lash ruhida tashkil etildi. Bayramona dasturda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy orkestri jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, tuman Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar tadbirga yanada fayz qo‘shdi. Ularning yurtga sadoqat va bayroqqa muhabbat ruhidagi ijrolari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

“Yakkasaroy Yoshlari” volontyorlar guruhi a’zolari esa tadbir davomida fuqarolarga sharaf lentalarini taqdim etib, bayramona muhitni yanada jonlantirdilar.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech