Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N.Shamsiyev, tuman arxitektura va qurilish bo‘limi mas’ullari hamda tegishli idora va tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida tuman hududida o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilayotgan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, samarasiz foydalanib kelinayotgan bo‘sh yer maydonlarini aniqlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanish choralarini ko‘rish yuzasidan alohida topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi Nilufar Allabergenova mazkur muammolarni hal etishda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, noqonuniy qurilishlarni qonuniylikka muvofiqlashtirish hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish uchun nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, har bir mas’ul shaxsga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar va tavsiyalar berib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda rivojlantirish va tumanning obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.