Toshkent shahrida 15-yanvardan 15-fevralgacha oʻtkazilayotgan "Xavfsiz va sogʻlom poytaxt" maxsus tezkor-profilaktik tadbiri doirasida turli yoʻnalishlarda xavfsizlikni taʼminlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish va jamoat tartibini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, mazkur tadbir doirasida Yakkasaroy tuman hokimligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda tuman sektor rahbarlari, taʼlim muassasalari direktorlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda boshqa tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda tumanda aholi xavfsizligini taʼminlash, maktab va mahallalarda tartib-intizomni mustahkamlash, jamoat joylarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida salbiy illatlarning oldini olish boʻyicha keng qamrovli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tumanda jamoatchilikning faolligini oshirish, ular bilan samarali muloqot oʻrnatish hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida hamkorlikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi. Har bir ishtirokchiga oʻz yoʻnalishi boʻyicha masʼuliyat yuklanib, aniq amaliy tadbirlarni bajarish boʻyicha topshiriqlar berildi.