Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Rakatboshi” mahallasida aholi tomonidan bildirilgan qator murojaatlar yuzasidan hududga borib, muammolarni joyida o‘rgandi.
Aholi tomonidan ovqatlanish shoxobchalarining sanitariya holati, piyodalar yo‘laklarida noqonuniy qurilmalarning paydo bo‘lishi, shuningdek, chiqindilarni yig‘ish punktlarini yetarli emasligiga oid murojaatlar bildirildi.
Hokim tomonidan o‘rganish davomida har bir muammo atroflicha ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Ayniqsa, noqonuniy qurilmalarni olib tashlash, sanitariya talablariga rioya qilish va chiqindilarni tizimli ravishda olib ketishni ta’minlash bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Murojaatlarning joyida o‘rganilishi va tezkor chora ko‘rilishi mahalla aholisida ijobiy kayfiyat uyg‘otdi va davlat idoralarining fuqarolar fikriga befarq emasligini yana bir bor tasdiqladi.