Bugun Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda Hamid Sulaymonov mahalla raisi saylovi boʻlib oʻtdi.
Unda mahalla aholisi, saylov oʻtkazuvchi komissiya aʼzolari, oʻz saylov dasturlari bilan uch nafar nomzod, jamoatchilik ishtirok etdilar.
Yangi tahrirdagi “Mahalla toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, mahalla raislari endilikda 5 yillik muddatga saylanadi. Ushbu yangilik mahalla boshqaruvida barqarorlikni taʻminlash, uzoq muddatli rejalarni samarali amalga oshirish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.
Hamid Sulaymonov mahallasining fuqarolari saylovda faol qatnashdilar. Tadbir ochiq va shaffof ruhda, mahallaning faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtdi. Raislikka nomzodlar oʻz dasturlari bilan ishtirok etib, aholi fikr va takliflarini tinglashdi.
Ushbu saylovlar mahallada demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, fuqarolarning faolligini oshirish va jamiyatda masʻuliyatli munosabatni shakllantirishda muhim qadam boʻlmoqda.
Saylov natijalariga koʻra Hamid Sulaymonov mahalla raisi saylovida yuqori ovoz olib, Kasimov Jasur Adiljonovich gʻolib boʻldi.