Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tegishli mas’ul soha rahbarlari bilan birgalikda Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanali atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish barobarida, aholi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda, kanal bo‘ylab sun’iy panjara to‘siqlar o‘rnatish orqali xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar har tomonlama xavfsiz, qulay va mustahkam panjaralarni tanlab o‘rnatish bo‘yicha quruvchilarga kerakli topshiriqlar berib o‘tdilar.