3 Iyul, 2025 44

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumanda investitsiya loyihalari asosida barpo etilayotgan obyektlar qurilishi bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida hokim har bir loyihaning amalga oshirilish bosqichi, qurilish ishlarining sifati va muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullardan ma’lumot oldi. Ushbu ob’ektlar nafaqat shahar infratuzilmasini rivojlantirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, aholiga qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgani qayd etildi.

Nilufar Allabergenova qurilish maydonlarida mehnat qilayotgan ishchilar uchun xavfsizlikni ta’minlash, ularni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Shu bilan birga, hokim qurilish ishlari mahalliy aholi turmush tarziga ta’sir qilmasligi lozimligini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, kechki va tungi vaqtlarda qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatish, aholining tinch dam olishiga xalaqit qilmaslik yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech