Avvalo, sizlarni hamda siz orqali tumanimiz ichki ishlar bo‘limidafaoliyat yuritayotgan barcha soha xodimlari va faxriylarini 25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Yakkasaroy tuman hokimligi nomidan samimiy tabriklaymiz!
Barchaga ma’lumki, ichki ishlar organlari xodimlarining mehnati juda ham mas’uliyatli, mashaqqatli va bir vaqtning o‘zida g‘oyat sharafli kasbdir.
Mashaqqati shundaki, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida zarurat bo‘lsa, tunni tongga ulab xizmat qilasizlar. Sharafi esa – xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, yurt tinchligi yo‘lida o‘z burchingizni yuksak mas’uliyat bilan bajarishingizdadir.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizda tinchlik va farovonlik, shuningdek el-yurt osoyishtaligini saqlashdek sharafli xizmatingizda ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati