Bugun, Yakkasaroy tumanida jamoat joylaridagi sharoitlarni yaxshilash, aholiga munosib dam olish maskanlarini yaratish maqsadida qator mas’ul rahbarlar ishtirokida amaliy tashrif uyushtirildi.
Tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman IIO FMB bo‘limi boshlig‘i Alisher Murodov hamda tuman Soliq inspeksiyasi rahbari Jamshid Ergashevlar “Moviy gumbaz” bog‘ida bo‘lib ushbu hududning bugungi holatini o‘rgandilar.
Fikr almashuv tarzda o‘tgan ushbu o‘rganish davomida bog‘dagi mavjud infratuzilmalar, obodonlashtirish ishlari, ekologik holat hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar muhokama qilindi. Hususan, bog‘ning ahamiyati, u yerda har kuni yurgan tuman aholisi va mehmonlar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan qulayliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.