4 Iyul, 2025 32

Yakkasaroy tumanida bir oz noodatiy, lekin juda ham ruhlantiruvchi voqea ro‘y berdi: tuman Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimlari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari futbol maydonida kuchi va jipsligini sinovdan o‘tkazdi.

Nafaqat ish yuzasidan, balki jamoaviy sportda ham hamjihatlik, faollik va teran ruh ko‘rsatgan ishtirokchilar maydonda jiddiy kurash olib borishdi. Qo‘llarda – emas, bu gal tajriba va strategiya oyoqda, to‘p esa g‘alabaga intilish timsoli bo‘ldi.

O‘yin davomida nafaqat to‘p surildi, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzi g‘oyalari yana bir bor amalda namoyon bo‘ldi.

Ha, hokim yordamchilari nafaqat mahalla muammolarini hal etadi, balki birlashgan jamoa sifatida sportda ham munosib ishtirok etishni biladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech