Bugun Yakkasaroy tumani hududida yana bir muhim muloqot maydoniga aylandi – “Rakatboshi” mahallasining o‘zida tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda faqat raqamlar va hisobotlar emas, balki odamlar dardi, ehtiyojlari va intizori eshitildi.
Hokim qabulida tuman rahbariyati, korxona va tashkilotlar mutasaddilari, mahallaning aholisi ishtirok etib, muammolar yuzma-yuz muhokama qilindi. Bu gal ham, muammolar qog‘ozda emas – joyida, odamlar qatorida eshitildi va yechim topdi.
Sayyor qabulning maqsadi aniq: hokimiyat xalqdan uzilmasligi, muloqot bir tomonlama emas, o‘zaro hamfikrlik va hamjihatlik asosida amalga oshishi kerak. “Rakatboshi”dagi uchrashuv aynan shu falsafaning amaldagi namunasi bo‘ldi.