14 Yanvar, 2025 135

Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova 127-sonli umumta’lim maktab hududidagi futbol maydonini zamonaviy va talabga javob beradigan ko‘rinishda ta’mirlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida hududdagi futbol o‘yingohini qayta tiklash orqali mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar va o‘quvchilar uchun qulay sport infratuzilmasini yaratish masalasi muhokama qilindi. Shu bilan birga, hokim sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida turli sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirdi.

O‘rganish yakunida aholining taklif va mulohazalari inobatga olingan holda, yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Hokim ushbu loyiha mahalla va maktab jamoasi uchun katta foydali samara keltirishini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech