5 May, 2025 29

Yakkasaroy tumanida fuqarolarning muammolarini tinglash, ular bilan ochiq muloqot qilish va joylardagi mavjud holatni bevosita o‘rganishga qaratilgan ishlarning doimiyligi ta’minlanmoqda.

Yakkasaroy tumanida fuqarolarning muammolarini tinglash, ular bilan ochiq muloqot qilish va joylardagi mavjud holatni bevosita o‘rganishga qaratilgan ishlarning doimiyligi ta’minlanmoqda.

Bugungi kunda tuman hokimligi tomonidan aholi bilan ochiq va samarali muloqot qilish, ularning fikr-mulohazalari hamda murojaatlariga tezkor yechim topish davlat siyosatidagi muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, tuman hokimi Nilufar Allaberganova navbatdagi o‘rganish ishlari doirasida Shohjahon mahallasidagi 40-ko‘p qavatli uy aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida mazkur uyda yashovchi fuqarolar tomonidan uy atrofini obodonlashtirish va hududda joylashgan kichik futbol maydonchasini ta’mirlash yuzasidan murojaat bildirildi.

Tuman hokimi murojaatni joyida o‘rganib, mavjud holatni shaxsan ko‘zdan kechirdi. Haqiqatdan ham maydoncha ta’mirga muhtoj ekanligi, uy atrofi esa yanada obodonlashtirilishga ehtiyoj borligi aniqlandi. Shundan so‘ng, Nilufar Allaberganova ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq vazifalarni belgilab, qisqa fursatda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini boshlashni topshirdi.

Bunda, xususan, boshqaruv servis kompaniyasi rahbariga maydonchadagi xavfsizlik, zamonaviy qoplamalar bilan jihozlash va hududning tozaligi ta’minlanishi bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi. Uy atrofini yashillashtirish va yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha ham qo‘shimcha loyihalar ishlab chiqilishi belgilandi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech