14 Aprel, 2025 44

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularni o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘maklashish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda, bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tuman ishchi guruhi a’zolari hamrohligida “Meros” mahallasining aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Ushbu qabul jarayonida turli muammolar va takliflar tinglanib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida B.Hiloliy ko‘chasi 2-tor 31-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Agzamova Dilfuza ham qatnashdi. U farzandi uchun imkoniyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan aravacha taqdim etilishini so‘rab murojaat qildi.

Murojaat joyidayoq mas’ullar tomonidan qayd etilib, tegishli choralar ko‘rildi.

Qabuldan so‘ng Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova shaxsan o‘zi tomonidan fuqaroga farzandi uchun maxsus aravacha topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech