7 Iyul, 2025 46

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Rakatboshi” mahallasining aholisi bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

Tashkil etilgan qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar o‘rganilib, ularni yechish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Qabul chog‘ida mahalladagi O‘rikzor 2-tor ko‘chasi, 149-uyda yashovchi fuqaro o‘z hovlisi va uni o‘rab turgan hududdagi muammolar ko‘chada yoritish tizimining yo‘qligi va obodonlashtirish ishlari amalga oshmayotgani haqida murojaat qildi.

Murojaatni eshitgan tuman hokim mas’ul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda murojaat qilingan hududga borib, muammoni o‘z ko‘zi bilan ko‘zdan kechirdi.

Joyida o‘tkazilgan muhokama asosida tuman hokimi tegishli kommunal xizmat rahbarlariga hududni tartibga solish, chiqindilarni tezkor ravishda olib ketish, yoritish tizimini tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi.

Bu holat fuqarolar murojaatlari nafaqat eshitilayotgani, balki ular joyida hal etilayotganini yana bir bor namoyon etdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech