Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman Milliy gvardiya boʻlimiga tashrif buyurdi.
U 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan boʻlim xodimlarini tabriklab, ularning fidoyi mehnati va yurt tinchligi yoʻlidagi xizmatlarini alohida eʼtirof etdi.
Tashrif davomida hokim oʻz nutqida harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining yuksak masʼuliyati, sadoqati va jamiyat uchun ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. U yurt tinchligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlida tinimsiz mehnat qilayotgan Milliy gvardiya aʼzolarini bayram bilan qutlab, ularga esdalik sovgʻalarini topshirdi.