Biroz oldin Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlimiga tashrif buyurib, boʻlim xodimlarini 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
Tashrif davomida hokim oʻz hayotini yurt tinchligi va xavfsizligiga bagʻishlagan xodimlarning mehnatini yuksak qadrlab, ularga samimiy minnatdorlik bildirdi hamda bayramona kayfiyat ulashdi.