Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida tibbiyot sohasi xodimlari – tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, oilaviy poliklinikalar va shifoxonalar bosh shifokorlari bilan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosarlari ham ishtirok etib, soha rivoji, tibbiyot muassasalaridagi shart-sharoitlarni yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbir doirasida tuman hokimi shifokorlarning mehnati va jamiyatdagi tutgan o‘rnini yuksak qadrlab, ularning ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida tibbiyot muassasalariga 56 ta zamonaviy monoblok kompyuter jamlanmasini taqdim etdi.
Ushbu qadam tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish va shifokorlar mehnatini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati