Bugun Yakkasaroy tumanidagi "Damariq" mahallasidagi xotin-qizlar uchun mahalla guzarida 58-sonli oilaviy poliklinika tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida asosiy e’tibor aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning tibbiy bilim va madaniyatini oshirish, kasalliklarni ilk davrida aniqlash va davolash choralarini ko‘rishga qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan kasalliklarni davolash va salomatlikka e’tibor qaratish yuzasidan zarur tibbiy tavsiyalar berildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, insonlar salomatligini saqlashda, kasalliklarning kelib chiqishi va oldini olishda o‘tkazilayotgan bunday tibbiy ko‘riklar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tibbiy ko‘rik davomida shifokor tavsiyasiga asosan fuqarolarga bepul dori-darmon tarqatildi.