Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumanida faoliyat olib borayotgan “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti”ning yangi barpo etilayotgan yotoqxona va o‘quv binolari, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ham batafsil ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish davomida qurilish jarayonining har bir bosqichi o‘rganilib, ishlarning sifat darajasi, xavfsizlik talablari va tugallanish muddatlari bo‘yicha mutaxassislar bilan fikr almashildi.
Mazkur infratuzilma loyihalari yakuniga yetgach, talabalar uchun zamonaviy, qulay va barcha talablarga mos yashash hamda ta’lim olish sharoitlari yaratiladi. Bu esa Yakkasaroy tumanining ilmiy va ma’rifiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati