12 Noyabr, 2025 22

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉 Yig‘ilishda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

👍 Ta’kidlanishicha, Yakkasaroy tumani “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” bo‘yicha namunaviy tuman sifatida tanlab olingan. Shu munosabat bilan barcha vazifalarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

📎 Yig‘ilish davomida aholi va xo‘jaliklarni qamrab olish, axborotlarni to‘g‘ri va aniq kiritish, joylardagi mas’ul xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech