Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘zining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev bilan birgalikda 132-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyati bilan tanishdi.
Tanishuv davomida bolalarga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi. Hokim tomonidan muassasada qishki mavsum kelmasidan isitish tizimini yaxshilash, bog‘chaning tashqi ko‘rinishi va fasadini ta’mirlash, bolajonlar uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan e’tibor kuchayib borayotganini va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy qadamlar tashlanayotganini ko‘rsatadi.