Bugun Yakasaroy tumani hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova hamda Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Sh.Ergashev rahbarligida kommunal sohaga daxldor rahbarlar, mas’ul tashkilotlar va “Obod mahalla”, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” loyihalari doirasida faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlarining holati tahlil qilindi. Ayniqsa, ish sifatiga e’tibor susaygan holatlar tanqidiy muhokama qilindi.
Tuman hokimi mutasaddilarga muayyan vazifalarni belgilab, ularni aniq muddatlarda, belgilangan standartlarga to‘liq mos ravishda amalga oshirish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalar berdi. “Har bir ishlaringiz fuqarolarning kundalik hayoti, turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun har bir masalada mas’uliyatni his etib, puxta va sidqidildan ishlash zarur,” – dedi hokim.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etishlari lozimligi ta’kidlandi.