17 Yanvar, 2025 83

Bugun Yakkasaroy tumanidagi "Armugʻon" mahallа aholisi uchun tuman hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu tadbir mahalladagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, aholi muammolarini oʻrganish va ularga amalda yechim topish maqsadida oʻtkazildi.

Sayyor qabulda tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman xalq qabulxonasi mudiri va tumandagi tegishli idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan muammolar haqida toʻgʻridan-toʻgʻri hokimga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Murojaatlar asosan infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, bandlikni taʼminlash, taʼlim va tibbiyot sohalaridagi muammolarni bartaraf etish bilan bogʻliq boʻldi.

Har bir masala yuzasidan hokim tomonidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi va ularning ijrosi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech