23 Yanvar, 2025 97

Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenovaning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.

Qabulda hokimning oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning muammolari va takliflarini tinglashdi.

Qabulning asosiy maqsadi aholi murojaatlarini hal qilish, ularning muammolariga bevosita javob berish, mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish va fuqarolarning turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.

 Fuqarolar tomonidan turli yoʻnalishlardagi masalalar – ijtimoiy taʼminot, uy-joy kommunal xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yer va mol-mulk masalalari, shuningdek, infratuzilmani yaxshilash borasida murojaatlar qilindi.

Har bir masala boʻyicha hokim oʻz oʻrinbosarlari va tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berib, muammolarni hal etish uchun muddat belgilab berdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech