17 Yanvar, 2025 77

Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv “Next” savdo markazi hududida joylashgan “Retro Bowling”da tashkil etildi va unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatda yoshlarning roli va imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning muammolarini o‘rganish va samarali yechimlar topishga qaratilgan loyihalar haqida fikr almashildi.

Uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning fikr va takliflarini eshitish, shuningdek, tuman miqyosidagi rivojlanishga qo‘shadigan hissalarini yanada qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi. Bunday tadbirlar yoshlar bilan samarali muloqot o‘rnatish va ularning intilishlarini ro‘yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech