20 Yanvar, 2025 123

Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan “Asaka bank”ning avtotransport filiali binosida aholi daromadlarini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda Yakkasaroy tumanida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokimning birinchi o'rinbosari N.Shamsiyev, Respublika markaziy bank mas’ul hodim S.Xolmurodov, Markaziy bank Toshkent shahar bo‘limi mas’ul xodim B.Ishmirzaev, tumandagi bank rahbar xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari, fuqarolar ishtirok etdilar.

 Uchrashuvda tadbirkorlik qilish, mikroloyihalarni tadbiq etish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha kredit rasmiylashtirish uchun fuqarolar tomonidan murojaatlar tinglandi.

Uchrashuv so‘nggida tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan tushgan murojaatlar tegishli mas’ullarga yunaltirilib, murojaatlar qonun doirasida ko‘rib chiqilib amaliy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech