Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokuror o‘rinbosari A.Mamatqulov, hokim o‘rinbosarlari tumandagi 100-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishdi.
Ular maktabda “Ochiq budjet” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, jarayonning borishi va sifatini o‘rganish maqsadida o‘rganish olib bordilar.
O‘rganish davomida hokim o‘rinbosarlari va mas’ullar maktabning 1-, 2-, va 3-qavatlaridagi yo‘lak va xonalarning ta’mirlanishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratishdi.
Ushbu jarayon uchun 1 091 884 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, pol qoplamasi va devor qismlarini yangilash, ularni zamonaviy talablarga mos holatga keltirish rejalashtirilgan edi.
Biroq, joyida olib borilgan o‘rganishlar davomida ta’mirlash ishlari sust kechayotganligi aniqlanib, mas’ullar hokimtodan tanqid ostiga olindi. O‘rganish davomida ishlarning muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha Allabergenova quruvchiga o‘ng kun muddat beliglab berdi.