Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi mahallalarning ijtimoiy va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida keng qamrovli ishlarni amalga oshirdi.
O‘rganish davomida tuman hududidagi muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘lida chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, “Belariq” mahallasida “Obod mahalla”, “Obod xonadon”, “Obod-ko‘cha” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mahalla hududidagi Askiya ko‘chasi, 10-uy oldida joylashgan, eskirgan bolalar maydonchasini yangisiga almashtirish jarayonlari bilan tanishib, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida qurilish hamda obodonlashtirish ishlarini sifatli olib borish bo‘yicha topshiriqlar berib o‘tdi.