Allabergenova mudofaa bo‘limi qurilishi bilan tanishdi
📎 Xabar berganimizdek, Yakkasaroy tumanida mudofaa sohasini yanada rivojlantirish va samarali faoliyat yuritish uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan yangi zamonaviy bino qurilmoqda.
🔹 Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura masʼul xodimi Sanʼat Nurmatov mazkur qurilish maydonida bo‘lib, bino qurilishi va uning loyihasi bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Tanishuv davomida yangi mudofaa bo‘limi binosining texnik va funksional imkoniyatlari, harbiy-ma’muriy xizmatlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, shuningdek, qurilish ishlarining jadvali va sifati muhokama qilindi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati