Allabergenova mas’ullarni tartibga chaqirdi
Yakkasaroy tumanida mudofaa sohasini yanada rivojlantirish, harbiy xodimlar faoliyati uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi, barcha talablarga javob beradigan bino qurilishi jadal davom etmoqda.
Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova Respublika ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda mazkur qurilish jarayonini o‘rganish maqsadida obyektga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida loyiha yechimlari, amalga oshirilayotgan ishlar sifati hamda muddatlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar chog‘ida yangi mudofaa bo‘limi binosini yuqori sifat bilan, belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, hokim tumanda qurilayotgan ayrim biznes markazlari tomonidan hududni obodonlashtirish ishlari e’tibordan chetda qoldirilayotgani, piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘ilayotgani keskin tanqid qildi. Ularning faoliyatida tartib va mas’uliyat kuchaytirilishi zarurligi ta’kidladi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati