25 Aprel, 2025 24

Bugun, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova “Bog‘saroy” mahallasi hududida olib borilayotgan asfalt yotqizish ishlariga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida tuman hokimi qurilish ishlari bilan shug‘ullanayotgan mas’ullarga aniq vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, ishlar sifatli va belgilangan me’yorlarga muvofiq olib borilishi shartligi, har bir bosqichda mas’uliyatni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Nilufar Allabergenova mahalla aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlar juda muhim ekanini ta’kidlar ekan, bu kabi ishlar aholi farovonligi va tuman infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi lozimligini alohida qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech