29 Yanvar, 2025 58

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 1-sektor binosida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni tuman hokimi Nilufar Allabergenova olib bordi.

Unda tuman hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 1-sektor shtabi tarkibiga kiritilgan barcha idora va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi Yakkasaroy tumanidagi hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilishda har bir tashkilot rahbari o‘z faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berdi, shuningdek, aholining turmush darajasini oshirish, hududda yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Tuman hokimi o‘z chiqishida hududlarni rivojlantirishda muvofiqlashtiruvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarga tezkorlik bilan javob berish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech