15 Yanvar, 2025 105

 Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova 144-sonli umumtaʼlim maktabida 2-sektor hududidagi beshta mahallaning vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 Ushbu uchrashuvda “mahalla yettiligi” aʼzolari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, shuningdek, tumandagi masʼul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

 Uchrashuv davomida mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlari, ularning natijalari va aholining turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, “Ombor” daftari orqali olingan maʼlumotlar tahlili va tanqidiy bahosi ham yigʻilishning asosiy mavzusi boʻldi.

 Hokim uchrashuv davomida aholining dolzarb muammolarini hal qilish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, mahalla institutining ahamiyatini oshirish kabi masalalar boʻyicha aniq vazifalar belgilab berdi. Shu bilan birga, masʼul tashkilotlarga faoliyat samaradorligini oshirish va jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda ishlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech