Ayni damda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova 91-sonli umumtaʼlim maktabida 3-sektor hududidagi beshta mahalla vakillari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.
Uchrashuv doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, hamda mavjud muammolarni hal qilish boʻyicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbirda, ayniqsa, aholi oʻrtasida oʻtkazilayotgan xatlovlarning ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Hokim mahalliy muammolarni hal etishda “Ombor” daftari asosida olib borilayotgan tahlil va takliflarni tanqidiy koʻrib chiqishni taklif etdi. Shu bilan birga, amaliy yechimlar ishlab chiqish uchun masʼul tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda ishlash kerakligi taʼkidlandi.
Uchrashuvda hokimning oʻrinbosarlari, turli idoralar rahbar xodimlari, hamda “mahalla yettiligi” tarkibidagi faollar ishtirok etdi. Ular oʻzlari faoliyat yuritayotgan hududlarda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib, kelgusi rejalar boʻyicha fikr almashdilar.